TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayollarning suratini ular roziligisiz chop etish — inson huquqlarini poymol etishdir, deb ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Adliya polkovnigi, demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIBB fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayollar suratlarini o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan edi.
Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, huquq tartibot organlari tomonidan bunday choralar faqatgina qo‘lga olingan ayollar va ularning faoliyatlari haqida ma’lumotlar batafsil tekshirib chiqilgandan so‘ng amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar kimdir sudga arz qilmoqchi bo‘lsa, albatta buni qilishlari mumkin. Sud jarayonida IIBB o‘z hatti-harakatlarini tushuntirib beradi.
O‘zbekistonda ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularning haq-huquqlari borasida o‘tkazilgan suhbatda huquqshunos Sayyora Xodjayeva fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli — inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtayi-nazaridan mutlaqo nomaqbulligini ta’kidladi.