Dubay hukumati 2021-yildan qog‘oz hujjatlardan to‘liq voz kechadi

"Dastur tufayli hozirda Dubay hukumati tomonidan yiliga ishlatilayotgan 1 milliard qog‘ozdan xalos bo‘lamiz", - deb bayonot qilgan shahzoda Xamdan
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Dubay hukumati 2021-yildan qog‘oz hujjatlardan to‘liq voz kechadi, deb xabar qilmoqda Arabian Business nashri.

Dubay aeroportida pasport o‘rniga smartfonlardan foydalaniladi
Dubai Paperless Strategy dasturining ishga tushirilayotgani haqida Dubay merosxo‘r shahzodasi Xamdan e’lon qilgan. Dasturga muvofiq, barcha hukumat muassasalari va ularning mijozlari qog‘oz hujjatlarni chiqarib, taqdim etishdan xalos bo‘ladilar.

"Dastur tufayli hozirda Dubay hukumati tomonidan yiliga ishlatilayotgan 1 milliard qog‘ozdan xalos bo‘lamiz", — deb bayonot qilgan shahzoda Xamdan.

Dasturni hayotga tatbiq etish uchun, hukumat muassasalarida avtomatlashtirish oshiriladi, raqamli identifikator, imzolar va sertifikatlardan faol foydalanila boshlaydi. Bularning barchasi ixtisoslashtirilgan platformalar orqali ishga tushiriladi.

Ushbu o‘zgarishlar tufayli amaldagi qonunchilikka o‘zgartish kiritilishi qo‘shimcha qilingan.