Andijonda hindistonlik onkolog va kardiojarroh aholini bepul ko‘rikdan o‘tkazdi

GM Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning Andijonning Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlariga tashrifi tashkil etildi
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Uch kun davomida Hindistonning yetakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardiojarrohi Vaysal Smivamlardan iborat shifokorlar guruhi mazkur tumanlarda tashkil etilgan oilaviy poliklinikalarda bemorlarni bepul ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra xorijlik mutaxassislar bemorlarga aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur muolajalar va tavsiyalarini berdi.

Onkolog: Saraton – bu keksalar kasali

GM Uzbekistan jamoatchilik bilan aloqalar xizmatining ma’lum qilishicha, kompaniya kelgusida mazkur poliklinikalarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining salomatligini yaxshilashni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur poliklinikalar o‘tgan yilning noyabr oyida GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan edi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uni malakali kadrlar, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minlashga kompaniya tomonidan jami 4,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.