Yuqumli kasalligi bor ayollar fohishalik bilan shug‘ullangani fosh qilindi

Olma-otalik yigit yuqumli kasalligi bor ayollar ishtirokida fohishaxona tashkil etganligi fosh qilindi. Yigitga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo‘llanildi, u jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Fohishaxona tashkil etgan Olma-ota fuqarosi ustidan sud hukmi o‘qib eshittirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Telegram yordamida fohishalik xizmatlarini taklif qilgan ayollar qo‘lga olindi
Xabarda aytilishicha, 48 yashar olma-otalik shaharga vaqtincha yashash uchun kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga undagan.

Tergov jarayonida, erkak ularni o‘zi bilan olib kelib, kvartirani ijaraga olgani, u yerda fohishaxona tashkil qilgani va ko‘rsatilgan shahvoniy xizmatlar evaziga olingan pullarning kattagina qismini o‘zlashtirib kelgani aniqlangan.

Shuningdek, qizlardan biri sil kasalligi bilan og‘rigani, ikkinchisi esa 2016-yildan buyon "sifilis" tashxisi bilan hisobda turishi aniqlangan.

Fuqaro A.E sud tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 194 moddasi (tamagirlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topilgan. U olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Erkak o‘z aybini tan olmagan va hukm ustidan shikoyat qilishini bildirgan.