O‘zbekistonda uch kun ichida ikki nafar YPX xodimi urib yuborildi

Shanba kuni Buxoro viloyatining Peshku tumani Navbahor qishlog‘ida yashovchi F.Baqayev boshqaruvidagi "Spark" avtomashinasi Ibn Sino ko‘chasida haydab ketayotib, shu ko‘chada xizmat olib borayotgan IIB YPX otradi inspektori T.Asadovni urib yuborgan
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda uch kun ichida yo‘l qoidalarini buzgan holda ikki nafar YPX xodimi urib yuborildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Andijonda "Tez yordam" shifokori bemorning 24 mln so‘mlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

"3 fevral kuni soat 11:20larda Buxoro viloyatining Peshku tumani Navbahor qishlog‘ida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan F. Baqayev boshqaruvidagi "Spark", rusumli avtomashinasini Yangibozor MFY Ibn Sino ko‘chasida haydab ketayotib shu ko‘chada xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX otradi 3-safarbar guruhi YPX inspektori, safdor T.Asadovni urib yuborgan", — deyilgan IIV xabarida.

Natijada safdor T.Asadov jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yana bir holat, 1-fevral kuni soat 22-30 larda Xorazm viloyatining Xiva shahrida haydovchi X.X. (1982 yilda tug‘ilgan) mast holda yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

Toshkentda mudhish YTH: BMW katta tezlikda daraxtga urildi

U «VAZ-2107» rusumli avtomashinasini A.Temur ko‘chasidagi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlanib kelayotgan vaqtda shu ko‘chada xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektori S.Sapayev (1987 yilda tug‘ilgan) unga to‘xtash ishorasini bergan. Lekin haydovchi inspektorga bo‘ysunmay, safdor S.Sapayevni urib yuborgan.

YPX inspektori S.Sapayev "bosh miya yopiq jarohati va o‘ng o‘mrov suyagining yopiq sinishi" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.