O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul ta’minoti va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilishni boshladi
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik.Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarini miqdorini ma’lum qildi.

Toshkent valyuta qora bozori: 800 dan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2018-yil 1-yanvar holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 076,9 mln AQSh dollari (xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 042,8 AQSh dollari, monetar oltin — 14 034,1 AQSh dollari), Sof oltin-valyuta zaxiralari — 26 567,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.