O‘zbekiston 7 mamlakat fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qildi

Prezident imzolagan yangi farmonga ko‘ra, 10-fevraldan boshlab 7 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga 30kunga vizasiz tartibda kelishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Bir necha mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari bekor qilinsin, deyilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida, RIA Novosti xabariga asosan.

“2018 yilning 10-fevralidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun Isroil Davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunga vizasiz kirish tartibi o‘rnatilsin”, — deyilgan hujjat matnida.

Shuningdek, 10-fevraldan boshlab yana 39 mamlakat uchun sayyohlik vizalari rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ular orasida Avstraliya, Gollandiya, Hindiston, Xitoy, Kanada, AQSh,  Saudiya Arabistoni, BAA, Shvetsiya va boshqalar bor.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

Shuningdek, prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, 2018-yilning 1-iyulidan boshlab elektron vizalar berish tartibi joriy etiladi.

Eslatib o‘tmiz, oxirgi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘ychi jiddiy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har bir viloyatning o‘z turistik brendini ishlab chiqarish, ichki turizmni rivojlantirish, O‘zbekistonni xorijda targ‘ib qilish uchun turli xorijiy telekanallar orqali videolavhalar va hujjatli filmlar namoyish qilish va boshqalar.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilning yanvar sentabr oyida xorijlik sayyohlarga berilgan vizalar soni 2016-yilning ushbu davriga nisbatan 24%ga oshib 96 752 mingtani tashkil qilgan.