O‘zbekistonda qaysi usulda hosil yetishtirish dehqonni boy qilishi ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, keyingi paytda O‘zbekistonda dehqonchilikning "to‘qsonbosti" usuli tobora ommalashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda qaysi usulda hosil yetishtirish dehqonni boy qilishi ma’lum qilindi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Dehqon hayotning ustuni – Shavkat Mirziyoyev
Ta’kidlanishicha, keyingi paytda O‘zbekistonda dehqonchilikning "to‘qsonbosti" usuli tobora ommalashmoqda. Chunki u dehqonlarga boyib ketish imkonini bermoqda. "Axir, bu usulni qo‘llab, aholiga ayni "iliguzildi" paytida vitaminlarga boy mahsulotlarni tortiq qilish mumkin". — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yil hosili uchun 2017-yil kuz oylarida "to‘qsonbosti" usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, oshlavlagi, sabzi, ko‘katlar, shuningdek, brokkoli, rukkoli, pare piyozi ekinlari ekildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ekinlardan 1,6 million tonna piyoz, 283 ming tonna sarimsoqpiyoz, 184 ming tonna ko‘kpiyoz, 400 ming tonna ko‘katlar, 592 ming tonna sabzi, 263 ming tonna oshlavlagi hosili olinishi kutilmoqda.