2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdori ma’lum qilindi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi
Sputnik

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. Adliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanalida 2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdori haqida ma’lumot berildi.

Yuridik shaxslar uchun daromad soliqlari umumlashtirildi

Ma’lum qilinishicha, 2018-yil uchun tasdiqlangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 7,5 foiz miqdorda, eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 16,5 foiz miqdorda va eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqori daromaddan 22,5 foiz miqdorda undiriladi.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha, ya’ni 172 ming 240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

Xabarda aytilishicha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1-yanvar holatiga 172 ming 240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi.