Toshkentda o‘ndan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida xalqaro tanlov bo‘lib o‘tadi

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistonning moda va turizm sohasidagi salohiyatini tanishtirishdir
Sputnik

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. Shu yilning 21-mart kuni Toshkentda Osiyo, Afrika, Amerika va Yevropa mamlakatlari vakillari ishtirokida "Miss Yunion" Feshn xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Eng katta palov, "Tandir-shou" va modalar namoyishi: Toshkentda "O‘zbegim" festivali o‘tkaziladi

Tashkilotchilarning ma’lum qilishlaricha, unda O‘zbekiston hamda boshqa ishtirokchi mamlakatlarning madaniyat va an’analari tanishtiriladi. Tanlovda Angliya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Koreya, Isroil, Ozarbayjon, Rossiya, Fransiya, Keniya davlatlaridan modellar qatnashadi.

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistonning moda va turizm sohasidagi salohiyatini tanishtirishdir.

Xalqaro tanlov qatnashchilari shuningdek, Samarqand shahriga ham tashrif buyurishadi va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti qabriga gul qo‘yishadi.

Tanlov doirasida ozarbayjonlik modelyer-dizayner Faxriya Xalafova, qozog‘istonlik Aydarxan Kaliyev va o‘zbekistonlik dizaynerlarning liboslar kolleksiyalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.