Medvedev MDH bosh vazirlariga pul to‘plashni maslahat berdi

Almatida bo‘lib o‘tayotgan raqamlashtirish bo‘yicha forumda MDH bosh vazirlari va yirik xalqaro IT-kompaniyalar qatnashmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Almatida bo‘lib o‘tayotgan "Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi" forumida hamkasblariga raqamlashtirish uchun mablag‘ to‘plashni maslahat berdi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

O‘zMU Janubiy Koreya hamkorligida raqamli ma’lumotlar boshqaruviga oid anjuman o‘tkazadi

"Hurmatli hamkasblar, bosh vazirlar va ularning delegatsiyalari pastroqqa tushishlarini va oyoqlari yerdan uzilmasligini xohlardim. Hozirda muhokama qilinayotgan mavzu, men buyumlar interneti va beshinchi avlod aloqa tizimini hamda hamkasblarim aytib o‘tgan infrastrukturani nazarda tutapman – bular judayam qimmat texnologiyalardir, shu bois mablag‘ to‘planglar", — dedi Medvedev.

Almatida bugun raqamlashtirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda MDH bosh vazirlari va yirik xalqaro IT-kompaniyalar qatnashmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qilmoqda.