Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Amerika ustidan arz qildi

Hujjatda qayd etilishicha, "AQSh qishgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin bizning Respublikamizga qarshi hamkorlikdagi yirik ko‘lamli agressiv harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini ommaga e’lon qilishmoqda"
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. KXDR Tashqi ishlar vazirligi rahbari Li Yen Xo Amerika Qo‘shma Shtatlari Koreya yarimorolida vaziyatni ziddiylashtirishga harakat qilayotgani munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterreshga maktub yo‘lladi, deyiladi Rossiyadagi Shimoliy Koreya elchixonasi xabarida. RIA Novosti xabari asosida.

Maktubda Koreya yarimorolida "tinchlik va farovonlikka intilgan, millatni birlashtirish uchun yarashishga intiltirgan tub burilish vaziyati yaratilgani" alohida ta’kidlangan.

Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif etdi
"Ammo amerikalik hukmdorlar omma fikrini yolg‘on bilan chalg‘itmoqda, go‘yoki Shimol va Janub muzokaralari ularning qat’iy sanksiyalari va bosimi natijasi mahsuli ekan. Bu Shimol va Janub bir-biriga tik qarab, tinchlik sahifasini ochayotganda yuz bermoqda, (AQSh) ataydan holatni ziddiylashtirish uchun o‘zining strategik vositalarini, shu jumladan, Koreya Yarimoroli atrofiga yadroli avianoseslarning zarba beruvchi birikmalari olib kirilmoqda ", — deyiladi maktubda.

Hujjatda qayd etilishicha, "AQSh qishgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin bizning Respublikamizga qarshi hamkorlikdagi yirik ko‘lamli agressiv harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini ommaga e’lon qilishmoqda".

"Agar Koreya yarimoroliga va uning atrofiga yadro urushi vositalarini tashiyotgan va bu bilan holatni ziddiylashtirayotgan AQShning bu kirdikorlari tufayli koreyaliklararo munosabatlarni sog‘lomlashtirish va ziddiyatni yumshatish uchun ko‘p mehnat orqali erishilgan muhitga zarar yetsa, u holda AQSh buning uchun javobgarlikdan hech qachon o‘zini sokit qila olmaydi", — deyilgan maktubda.

KXDR TIV Guterreshdan AQSh harakatlariga e’tibor berishni va ularni to‘xtatish uchun imkoni boricha harakat qilishini so‘ragan.