TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaati matni BMT Bosh Assambleyasida qiziqish uyg‘otdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaati asosiy qismlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida "2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy tadbiq etilishi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati chora-tadbirlari to‘g‘risida" sarlavhasi ostida tarqatildi.
Hujjat tashkilotning oltita rasmiy tiliga (arab, fransuz, ingliz, ispan, rus va xitoy) tarjima qilindi va BMTda akkreditatsiya qilingan barcha diplomatik vakolatxonalar orasida tarqatildi, shuningdek, BMT Rasmiy hujjatlari tizimida joylashtirildi.
Hujjat to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni Parlamentga qilgan murojaati nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki chet el davlat rahbarlari va fuqarolari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan edi.