Toshkentdagi uylardan birida afrika sheri topildi

Jonivor xususiy korxonaga qarashli qo‘riqxonada saqlangan, lekin korxonadagilar uni olib kirish va saqlash huquqini beruvchi hujjatlarni ko‘rsata olishmagan
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent viloyatidagi uylardan birida afrika sheri noqonuniy ravishda qafasda saqlanayotganligi aniqlandi, deb yozadi Sputnik Tojikiston "O‘zbekiston 24" telekanaliga tayanib.

Toshkent viloyatida brakonyerlardan olingan lochinlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

Xabar qilinishicha, sakkiz oylik sher Tutzor qishlog‘idagi yangi qurilayotgan uylardan birida saqlanayotganligi aniqlangan. Jonivor xususiy korxonaga qarashli qo‘riqxonada saqlangan, lekin korxonadagilar uni olib kirish va saqlash huquqini beruvchi hujjatlarni ko‘rsata olishmagan.

"Yirtqich ozib ketgan, och holda, tumshug‘i majaqlangan holatda bo‘lib, og‘ir sharoitda saqlangan. Yarim metrli qafasda uning harakatlanishiga imkon bo‘lmagan", — dedi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy inspeksiyasi vakili.

Afrika sheri Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.