TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston ayrim hududlarida yer silkinish hodisasi qayd etildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epimarkazi poytaxtdan 473 km uzoqlikda Afg‘oniston hududidagi Hindikush tog‘lari hududida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston hududida zilzila kuchi Toshkentda 3 ballga teng bo‘lgan.
Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 3-4 ball, Farg‘onada 3,5 ball, Qashqadaryoda 4 ball, Boysunda 4 ballni tashkil etdi
Jabrlanganlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar kuni tongida ham Toshkentda 4 balli zilzila ro‘y bergandi.