Rossiya korxonasi O‘zbekistonda insulin ishlab chiqaradi

Andijonda quriladigan "Dializ" markazida qattiq va suyuq dori vositalari ishlab chiqariladi.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Medsintez" kompaniyasi O‘zebkiston insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Viloyat hokimiyatida "Medsintez" zavodi bosh direktori Aleksandr Podkoritov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni haqida kelishib olindi", — dedi RIA Novosti muxbiriga viloyat ma’muriyati vakili.

Hokimiyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, tuzilgan bitimga ko‘ra, Andijonda "Dializ" markazi quriladi va ushbu markaz tarkibida turli suyuq va qattik shakldagi dorilar jumladan insulin inyeksiyasi  ishlab chiqariladi.

Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?

Ayni damda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Toshkentga bo‘lga tashrifi davomida Rossiya farmsanoatining tuberkulezga, viruslarga, turli o‘smalarga qarshi mahsulotlari O‘zbekiston bozorida, chet el mahsulotlaridan ko‘ra, bir qator yutuqlarga ega ekanini aytib o‘tgan edi.  

OOO "Zavod Medsintez" 2003-yilda Sverdlovsk viloyati, Novouralsk shahrida qurib bitkazilgan. Korxona Ural biomeditsina klasteriga kiradi. Korxonada gen-mehandislik uslubi bilan yasalgan odam insulini va insulin inyeksiyalari ishlab chiqariladi.