O‘zbekiston AQSh va Belarus Respublikasidan ko‘p miqdorda traktorlar sotib oladi

Barcha texnikalar 2018-yil III-choragida O‘zbekistonga kelishi rejalashtirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston John Deere Tractor (AQSh) va Belorus MTZ Tractor (Belarus) ishlab chiqaruvchilardan yirik miqdorda traktor sotib olish rejalashtirdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Jahon banki eksperti O‘zbekistonda traktorlar uchun Uber yaratishni taklif etdi

Zamonaviy mashina-traktor parkini tashkil qilish maqsadida 150 dona traktor sotib olinadi, ulardan 50 yer haydash va 100 ishlov berish, shuningdek 300 osma uskunalar va tirkamalar xarid qilinadi. Barcha texnika 2018-yil III-choragida respublika kelishi rejalashtirilmoqda.

Traktorlar sotib olinishi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor va Guzar tumanlarida yengil sanoat majmuasini tashkil qilish loyihasining birinchi bosqichida amalga oshiriladi.

Birinchi tumanda 10 ming gektar maydonda paxta yetishtiriladi, Guzar tumanida esa qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish tashkil qilinadi.

Loyihaning umumiy qiymati 60 million dollarni tashkil qilmoqda, ulardan 40 million dollarlik mablag‘ "O‘zsanoatqurilishbank" tomonidan ajratiladi.

Ikkinchi bosqichda paxta tozalash majmuasini tashkil qilish va Lummus Corporation kompaniyasidan paxta xom ashyosini qayta ishlovchi zamonaviy texnologik qurilmalarini sotib olish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 2018-yil yakuniga qadar yakuniga yetkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘da sok ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurdi

2019 yil o‘rtalarida uchinchi bosqichda to‘qimachilik majmuasini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Trutzschler (Germaniya) va Rieter (Shveysariya) kompaniyalardan to‘qimachilik ip-matolarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik jihozlarni xarid qilish rejalashtirilgan.

To‘rtinchi bosqichda 2019-yil yakunida JUKI (Yaponiya) kompaniyasidan eksport qilishga mo‘ljallangan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik uskunalar xarid qilinadi.

Tashkil qilinadigan sanoat majmuasi yiliga 35 ming tonna paxta, 20 ming tonna ip-gazlama, 23,6 million dona tayyor to‘qimachilik mahsulotlar, 2,9 ming tonna paxta yog‘i, 7,9 ming tonna shrot yetishtirib beradi. Shuningdek, yiliga 35 million dollarlik mahsulot eksportga jo‘natiladi.