Firibgarlar IIV qorovul qo‘shinlari xizmatiga olib kirish uchun pul talab qilgan

Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi shifokor-terapevti IIV qovorul qo‘shinlari shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqirtirilishiga yordam berishi uchun 3,5 ming dollar olgan
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. MXX tezkor xodimlari IIV qorovul qo‘shinlariga shartnoma asosida harbiy xizmatga fuqarolarni chaqirish bo‘yicha firibgarlik sxemasini tuzishda gumonlangan ikki nafar fuqarolarni qo‘lga olishdi.

Toshkent valyuta qora bozori: 800 dan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

"Tezkor xodimlar Buxoro viloyati Qoroulbozor tumanidagi tez yordam bo‘linmasining shifokor-terapevti 50 yoshli Maxliyo Tuyevani 3,5 ming dollar olayotganda qo‘lga oldilar. Ushbu pul evaziga u IIV qorovul qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tashga chaqirilishiga yordam berishga va’da bergan", — deb xabar qildi Sputnik muxbiriga maxsus xizmat xodimi.

Tuyeva uning sherigi borligini ma’lum qiladi. Jumladan, IIV 1-chi alohida qorovul bataloni sobiq harbiy xizmatchisi 1980-yilda tug‘ilgan N.Xujjiyev borligini aytadi. Biroz vatqdan so‘ng u ham 3,5 ming dollar olayotganda ushlandi.

Bosh prokuratura departamenti M.Tuyeva va N.Xujjiyevga nisabatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atdi.