O‘zbekiston aholisi arzon narxlarda sifatli sement mahsulotlari bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda sement bir tonnasi 500 ming so‘m atrofida sotilishi belgilab qo‘yildi. Bunday chora-tadbirlar respublika bozorlarida olibsotarlikni oldini olish maqsadida qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. "O‘zqurilishmollari" AJ sement tonnasini 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilishini belgilab berdi, deb xabar qildi ushbu jamiyat matbuot xizmati.

Mirziyoyev: iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollardan ziyod qo‘shimcha mablag‘ tushadi

"Respublikaning sement korxonalari — "Qizilqumsement" AJ va "Bekobodsement" AJ sementning 1 tonnasi 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda (430-490 ming sotish joyiga qarab) aholi uchun sement mahsulotini sotishni tashkilashtirmoqdalar ", — deyilgan kompaniya xabarida.

Bugungi kunda O‘zbekiston yirik shaharlari va tumanlarida aholiga sement solish bo‘yicha savdo joylari tashkil qilinmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarda olibsotarlikni oldini olish hamda aholini arzon narxlarda sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida qilinmoqda.