Noodatiy sovuq havo: Bishkekda yagona bo‘lgan elektr stansiyada kuchli avariya sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston tog‘li hududlarida havo harorati 40-45 daraja sovuq bo‘ldi. Qirg‘iziston FVVning barcha bo‘linmalari xizmatini kuchaytirilgan tartibda o‘tashga o‘tkazilgan. Maktablarda o‘qish jarayoni to‘xtatilgan
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxtida joylashgan elektr stansiyada kuchli avariya sodir bo‘ldi. Avariya va kuchi sovuq tushishi oqibatida yuz minglab odamlar uyida havo harorati pasayib ketgan, deb xabar qildi RIA Novosti "Elektr stansiyalar" OAJ matbuot xizmatiga tayangan holda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shimcha 3 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bishkek shahrida yagona bo‘lgan elektr stansiyada kuchli sovuq sharoitida 26-yanvar kuni avariya sodir bo‘ldi. Bishkekda uylarda havo harorati 10-12 darajagacha pasayib ketdi. Shahar bo‘ylab vaqtinchalik isinish joylari tashkil qilindi. Ularga bir sutka davomida 800 ming kishi murojaat qildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘chada sovuq tufayli 2 nafar fuqaro vafot etdi.

Bundan avval prezident Sooranbay Jeenbekov strategik obyektda avariya sodir bo‘lishiga aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash haqida topshiriq bergandi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikaning eng katta shifoxonasida isitish quvurlari muzlab qolganligi haqida ma’lum qildi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 26-yanvar kuni tog‘li hududlarda havo harorati 40-45 daraja sovuq bo‘ldi. Qirg‘iziston FVV barcha bo‘linmalari xizmatini kuchaytirilgan tartibda o‘tashga o‘tkazilgan. Maktablarda o‘qish jarayoni to‘xtatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi uzatishni to‘xtatganligi haqida xabar bergandik.

Xususan, Qirg‘iziston Milliy Energetika xoldingi ob-havoning sovib ketishi munosabati bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi eksport qilishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.