O‘zbekiston "Tamojenniy soyuz"dan keladigan yuklarni ro‘yxatga olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi delegatsiyasi 2018-yilning 24-26 yanvar sanalarida Rossiyada safarda bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya ikki mamlakat o‘rtasida harakatlanadigan yuklar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, elektron veterinariya sertifikatlash va ilmiy faoliyat sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi, deb xabar qildi Rosselxoznadzor matbuot-xizmati.

O‘zbekiston temir yo‘llari Rossiyaga qo‘shimcha qatnovlar kiritdi

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi delegatsiyasi 2018-yilning 24-26 yanvar sanalarida Rossiyada safarda bo‘lgan. Delegatsiya, "Hayvonlar sog‘lig‘ini himoyalash federal markazi"ga tashrif buyurgan va veterinariya sohasida Rosselxoznadzor axborot tizimlari bo‘yicha seminarda qatnashgan.

"Shundan so‘ng uchrashuvlar tashkil etilib, tadbir yakunida tomonlar O‘zbekiston tomon "Bojxona ittifoqi" hududidan O‘zbekiston Respublikasiga tranzit bo‘yicha kelayotgan yuklarni qayd etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishildi", — deyladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi xodimlariga Merkuriy tizimiga ulanish imkoniyati taqdim etilgan. Bu Rossiyaga yo‘l olgan eksport yuklari haqida dastlabki elektron ogohlantirish yuborish imkoniyatini taqdim etish uchun amalga oshirildi.