Soliq qo‘mitasiga "1198" raqami orqali shikoyat qilish mumkin

Ushbu raqamga qo‘ng‘iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi "1198" qisqa raqamini ishga tushirdi.

Soliq qo‘mitasi oliy ma’lumotlilar va kollej bitiruvchilari orasidan ishchi qidirmoqda

Ma’lum qilinishicha, ushbu qisqa raqam aholidan soliq sohasiga oid shikoyat, murojaat va takliflarni tezkor qabul qilish maqsadida ishga tushirilgan.

Ushbu raqamga qo‘ng‘iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar soliq to‘lovchilar Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlariga o‘rnatilgan "Ishonch telefoni" raqamlari orqali murojaat qilish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga "1198" qisqa raqam ham qo‘shildi.