Prezident bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qildi

Prezident Shaxrisabzda 25ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi barpo etishni topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyatiga bo‘lgan tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Shaxrisabzda joylashgan “Vunderkind” nomli xususiy bog‘chaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Namunali loyihalar asosida 50ta yangi bog‘cha quriladi

Ushbu bog‘cha uch qavatli zamonaviy binoda joylashgan bo‘lib, bu yerda kichkintoylarning intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda odatiy mashg‘lotlardan tashqari ingliz tili va kompyuter bilimlari o‘rgatiladi.

Shavkat Mirziyoyevga ushbu bog‘cha manzur bo‘ldi va prezidenti uning misolida Shahrisabzda yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.  

“Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo‘lib chiqishini ta’minlashdir”, — dedi prezident.  

Bog‘chada Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi.