Tergov departamenti veb sayti ishga tushirildi

Fuqarolar ushbu veb-sayt orqali ekspert-kriminalistika, tergov faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha savollarga huquqiy javoblar olishlari mumkin
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining Internet ijtimoiy tarmog‘ida "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti" veb-sayti tashkil etildi va undan tergovdepartamenti.uz domeni orqali foydalanish mumkin.

Ushbu veb-sayt Tergov departamenti faoliyati haqida, joylarda Tergov departamentning hududiy bo‘linmalari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida aholini xabardor qilib boradi.

Toshkent IIBB yosh tergovchilarni ishga taklif qilmoqda
Shuningdek, sayt jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etishning sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini o‘rnatish, murojaat etuvchilarni, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish maqsadida yaratildi.

Shu bilan birga, veb-sayt fuqarolar tomonidan ekspert-kriminalistika, Axborot markazi va tergov faoliyati bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar yuzasidan huquqiy javoblar berish, Tergov departamenti va uning quyi tizimlari rahbarlarining qabul kunlari, Tergov departamenti rahbariyatining virtual qabulxonasi kabi funksiyalarni qamrab oladi.