Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy muzeyiga tashrif buyurishdi

Martabali mehmonlar Nukus shahriga Islom Karimovning 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun kelishgan.
Sputnik

TOShEKENT, 28 yanv — Sputnik. Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy muzeyiga tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda Qoraqalpog‘iston yangiliklari nashri.

Bundan bir necha kun oldin, 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova Nukus shahriga tashrif buyurishgan edi, deb yozadi nashr.

Tashrif davomida mehmonlar Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyiga ham tashrif buyurishgan.

Quyida ushbu tashrifga oid bir necha fotosuratlarni taqdim etamiz.

1 / 5
Tatyana Karimova v Nukuse
2 / 5
Tatyana Karimova i Sayyora Rashidova v Nukuse
3 / 5
Tatyana Karimova i Sayyora Rashidova v Nukuse
4 / 5
Tatyana Karimova v muzee Iskusstv im. Saviskogo v Nukuse
5 / 5
Karakalpakskie devushki vstrechayut gostey