Prezident tashrifidan so‘ng Surxondaryoning olti tumanida IIB rahbarlari yangilandi

Termiz, Qiziriq, Muzrabod, Denov, Sho‘rchi va Sherobod tumanlariga yangi IIB rahbari tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Surxondaryo viloyatida prezident tashrifidan so‘ng viloyat jinoyat-qidiruv boshqarmasi va 6 tumanga yangi IIB boshliqlari tayinlandi, deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

Podpolkovnik Sattorov Sherqo‘zi Sultonovich Surxondaryo viloyat Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Termiz tumani IIB rahbari etib podpolkovnik Omonturayev Muxiddin Shoturayevich tayinlandi.

Mirziyoyev Toshkent viloyati prokurori va IIB boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Qiziriq tumani IIB rahbari etib podpolkovnik Abdiyev Sherali Juraboyevich tayinlandi.

Muzrabod tumani IIB rahbari etib Tursunov Baxrom Boboxonovich tayinlandi.

Denov tumanm IIB rahbari lavozimiga podpolkovnik Yusupov Ilxom Elmurodovich  tayinlandi.

Sho‘rchi tumani IIBga mayor Musurmonov Shavkat Normeyliyevich rahbar etib tayinlandi.

Sherobod tumani IIBga mayor Kenjayev Davron Tursunovich rahbar etib tayinlandi.