Toshkentda 250 kv.m maydonda yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in qo‘shni xonadonlar hududiga ham tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv –Sputnik. Bugun tong soat 8 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xususiy uyda chiqqan yong‘in qo‘shni xonadonlarga ham tarqaldi. Yong‘inda 68 yoshli fuqaro jabrlandi, “Cobalt” rusumli avtomobil yonib ketdi.

Sovuq havoda yong‘in xavfsizligini unutmang – YoXB ogohlantiruvi

Toshkent shahar Yong‘in Xavfsizligi boshqarmasi vakillari Uznews.uz sahifasiga bergan xabariga ko‘ra, yong‘in «Anorzor» mahallasidagi 36 xonadondan chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 8:11da yetib kelishgan. Soat 08:35 da yong‘in tarqalishi cheklangan va soat 09:18da butunlay o‘chirilgan.

Ushbu yong‘in maydoi umumiy hisobda 250 kv.metrni tashkil qilgan. Undan tashqari qo‘shni 38 uyning tomining 10 kv.metr maydoni, 34 uyning tomining 40 kv.metr maydoni zarar ko‘rgan.

Ayni damda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.