Jahon banki issiqlikni ta’minlash tizimi uchun 140 mln $ ajratdi

Ushbu mablag‘lar Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand va Chirchiq shaharlarida kup xonadonli uylar aholisini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlashni yaxshilashga sarflanadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Jahon banki Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Hukumatiga respublikaning beshta shahrida issiqlikni ta’minlash tizimini zamonaviylashtirish uchun 140 mln dollar kredit ajratdi, deb xabar qildi xalqaro tashkilot vakolatxonasi.

"Markazlashgan issiqlik tizimini zamonaviylashtirish loyihasi" kecha tasdiqlandi va 140 mln dollar miqdorida Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi tomonidan moliyalashtiriladi", — deyilgan vakolatxona xabarida.

JB ma’lumotiga ko‘ra, "Markazlashgan issiqlik tizimini zamonaviylashtirish loyihasi"  O‘zbekistonning beshta shahri: Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand va Chirchiq shaharlarida  kup xonadonli uylar aholisini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlashni yaxshilaydi.

O‘zbeklar tashabbuskor xalq, ularga sharoit yaratib berish kerak xolos – JB direktori

"Loyiha shuningdek ushbu sohada amal qilayogan normativ-huquqiy bazani rivojlantirishga va sohadagi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi", — deyilgan JB xabarida.

2016 yilning iyul oyida JB O‘zbekistonda 2016 —2020 yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 27 ta ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalar uchun 3 mlrd $ dan ortiq mablag‘ni zahira qilib qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1995-yilda Jahon bankiga a’zo bo‘lgan edi. O‘tgan davr mobaynida JB O‘zbekistonga 3 mlrd dollar kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar xususiylashtirish, moliya, qishloq xo‘jaligi, elektr energetikasi, ijtimoiy, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida 36 ta loyihani amalaga oshirishga sarflandi.