Lavrenov Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatilishiga qarshi ekanligini bildirdi

Yakimanka tumani boshqaruvi tomonidan Islom Karimov haykali o‘rnatilishi masalasi yuzasidan mahalliy aholi o‘rtasida saylov o‘tkaziladi. Ushbu tadbirga 500 ming rubl mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan
Sputnik

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Moskva shahrining Yakimanka okrugi deputatlar kengashi haykallarni o‘rnatish va ko‘chirish masalalari bo‘yicha mahalliy referendum o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Britaniyalik haykaltarosh Pol Dey: Islom Karimov haykali aksar yodgorliklardan farq qiladi

Yakimanka okrugi deputatlari 18-mart kuni prezident saylovi bo‘ladigan kunda — mahalliy referendum o‘tkazishni belgilashdi. Deputatlar fuqarolardan bir nechta masalalar bo‘yicha so‘rov o‘tkaziladi: jumladan, Kalujsk maydonidan Lenin haykalini ko‘chirish hamda Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini va favvora o‘rnatish masalalari bo‘yicha saylov o‘tkaziladi.

Moskva monumental san’ati bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari Lev Lavrenov ushbu takliflarga salbiy fikrda ekanligini bildirdi.

"Karimov haykali masalasi bo‘yicha — bu shubhali tashabbusdir. Ne u Moskvada turishi kerak? Bilmadim. Tashabbuschilardan boshqa yana kim uni biladi?", — deb ta’kidladi Lavrenov.

Shuningdek, u Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon" hiyoboniga ko‘chirish masalasiga ham salbiy munosabat bildirdi.

Mirziyoyev Islom Karimovning yubileyini nishonlash bo‘yicha qarorni imzoladi

"Meni nazarimda, qonuniy referendumni o‘tkazishning yagona yo‘li uning prezidentlik saylovlari bilan uyg‘unlashtirish zarur, chunki "Moskva shahar referendumi to‘g‘risida" gi qonunga binoan referendum faqat saylovchilar sonining 50 foizidan oshgan taqdirda amal referendum o‘tgan hisoblanadi. Prezident saylovi mamlakatdagi barcha bo‘ladigan saylovlardan ko‘ra aholi ko‘proq kelishini inobatga olib, biz referendumni prezidentlik saylovlari bilan birlashtirishga qaror qildik", — deb ta’kidladi RIA Novostiga okrug rahbari Andrey Morev.

Morevning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yil dekabr oyining o‘zida okrug mahalliy budjetiga ushbu saylovni o‘tkazish maqsadida 500 ming rubl ajratish ko‘zda tutilgan.