TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Shu kunlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida inson o‘limiga olib kelgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"2018 yil 22-yanvar kuni, Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan "Shifo-nur" tibbiyot markazi qarshisida, "BMW" rusumli avtoulov haydovchisi mast holatda, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan", — deyilgan IIBB xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.