Prezident qarori: OITSga qarshi kurash yangidan boshlanadi

Yangi qaror, OIV infeksiyali shaxslarni erta aniqlash, kasallik boshqalarga yuqishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash hamda ularga zarur boshqa tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha yangi sifatli bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston preziden Shavkat Mirziyoyev OITSga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish haqidagi yangi qaror imzoladi.

Unda keyingi yillarda O‘zbekistonda OIV infeksiyasi arqalishining oldini olish choralari, OIV epidemiyasiga yo‘l qo‘ymaslik chora tadbirlari belgilangan.

Yangi qarorga ko‘ra:

OITS - zamon vabosi

OIV infeksiyasining tarqalishi sabablari o‘rganilib, aholi orasida kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi; 

Barcha OITSga qarshi kurash markazlari va tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yangilanadi;

OITSga qarshi kurash xizmatining yagona ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi;

OIV infeksiyasiga qarshi kurash, jahon tajribasiga muvofiq, kasallik aniqlangan kunidan boshlab amalga oshiriladi;

Yuqori sifatli dori darmonlar sotib olish va davolashning uzuluksiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida, antiretrovirus preparatlar davlat budjeti hisobidan xarid qilinish tizimi bosqichma-bosqich kiritiladi;

Sog‘liqni saqlash vaziri: Rossiyaning 10ta regionida har 50-kishi OIV yuqtirgan

OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishi oldini olish uchun OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarni 6 oylik bo‘lgunga qadar sun’iy sut aralashmalari bilan ta’minlanadi;

OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytiriladi;

Mazkur qarorning qabul qilinishi, OIV infeksiyali shaxslarni erta aniqlash, kasallik boshqalarga yuqishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash hamda ularga zarur boshqa tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha yangi sifatli bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Undan tashqari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oldida OIV infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha olgan majburiyatlari to‘laqonli bajarilishini ta’minlaydi.