O‘zbekiston futbol federatsiyasida saylov: OAVlar Ahmadjonov o‘rnini kim egallashini aytdi

Ayni vaqtda yig‘ilishda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Umid Ahmadjonov O‘FF rahbarligidan ketishi mumkin

Yig‘ilishda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilinmoqda. 

Konferensiyada federatsiya raisi o‘zgarishi kutilmoqda.

Mahalliy OAVlar ayni vaqtda Umid Ahmadjonov o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov saylanishi mumkinligi haqida yozishmoqda.

Ammo bu saylovdan keyin ma’lum bo‘ladi.