TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston demokratiya va inson huquqlari rahbari Sayyora Xodjayeva o‘zining Facebookdagi sahifasida 11 oylik go‘dak operatsiyadan keyin vafot etganligi haqida xabar qildi.
"Bolakay bugun vafot etdi… Afsus", — deb yozib qoldirgan Xodjayeva Sputnik O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ilgariroq RIA Novosti Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda Farg‘ona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishgani haqida xabar bergan edi.
"9 soatlik jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi", — deb ta’kidlagan suhbatdosh agentlikka.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ignalar bolaning organizmida bir yarim oy davomida bo‘lgan.
Markazning bolalar bo‘limi mudiri, professor Xabibulla Akimovning so‘zlariga ko‘ra, ignalar bola tanasining turli qismlarida bo‘lganligi tufayli, bola o‘zi 16 ta ignani yuta olmagan. Huquq tartibot organlari ushbu holat bo‘yicha tergov ishini boshlashgan.