Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Prezident dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura hamda Hisob palatasiga aniq topshiriqlar berdi
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-yanvar kuni "Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Retseptlarni elektron shaklda to‘ldirish tizimi joriy etiladi

Unga ko‘ra, korxonaning o‘zi tomonidan tayyorlangan dorivor moddalar (substansiyalar) va butlovchi buyumlardan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish to‘liq texnologik sikl bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yil 1-martga qadar dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb topish nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish texnologik auditdan o‘tkaziladi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini to‘liq va to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha, shuningdek, mahalliy mahsulotlar orasida muqobili bo‘lmagan "in bulk" mahsulot asosida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga davlat xaridlarida ishtirok etishda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning xuddi shunday mahsuloti qiymatidan 20 foiz miqdorida narx preferensiyalar taqdim etiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri 60 milliard so‘mni nega tejab qolganiga izoh berdi

2018 yil 1-fevralga qadar xorijiy dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarning ro‘yxatdan o‘tish hujjatlariga ularning arizasiga muvofiq yig‘im undirmagan holda "in bulk" mahsulotning o‘rami va markirovkasi haqidagi ma’lumotni ko‘rsatishga oid qismiga o‘zgartirish kiritadi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga "in bulk" mahsulot asosida tayyorlangan mahsulotlar qismiga, ro‘yxatdan o‘tgan xuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 2019-yil 1-yanvarga qadar saqlab qolinadi.

Prezident qarorining yana bir muhim bandi — Bosh prokuratura O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining muomalasi va ishlab chiqarilishi yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazilib, ularni tartibga solish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.