TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (MMS) 2017-yilda xorijiy fuqarolarga 453 mingdan ortiq mehnat patentlarini bergan, bu 2016-yilning mos davriga nisbatan 12 %ga ko‘pdir. Bu haqda Moskva hukumati, iqtisodiy siyosat va rivojlantirish departamenti rahbari Vladimir Yefimov ma’lum qildi.
O‘tgan yili mehnat migrantlaridan 15,7 milliard rubl kelib tushdi, bu 2016-yilga nisbatan 9 % ga ko‘paygan.
Yefimov so‘zlariga ko‘ra, "cheklovlar (kvota)" mehnat patentlariga almashtirildi, hududlarga o‘z mehnat bozorlari o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda patent to‘lov qiymatlarini belgilash huquqi berildi.
Migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyev so‘zlariga ko‘ra, mehnat patentlarini olish oddiy va shaffof tartibi mehnat migratlarini qonuniy yo‘l bilan hujjatlarini rasmiylashtirishga undamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Moskva viloyatida mehnat patent to‘lovi 7,5 % ga — 4 mingdan 4,3 ming rublga ko‘paydi.