Aqto‘bedagi fojea: avtobus nima sababdan yongani aytildi

Omon qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik tergov tadbirlari doirasida Aqto‘beda qolmoqda
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati tomonidan e’lon qilingan qarorda, Qozog‘istondagi avtobus yonishi sabablari ko‘rsatib o‘tilgan, ular orasida texnik nosozlik, yuklarning ko‘pligi va xavfsizlik normalariga rioya etilmaganlik sanab o‘tilgan.

Aqto‘be fojeasi qurbonlari oilalariga nafaqa ajratildi
O‘tgan hafta payshanba kuni ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus Qozog‘iston viloyati Aqto‘be tumanidagi Samara-Shimkent trassasida yonib ketgan edi. Qozog‘iston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 52 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan.

Besh kishi omon qolgan, ular yengil jarohat olganlar.

Yo‘lovchilar — O‘zbekiston fuqarolari, haydovchilar — qozog‘istonliklar bo‘lishgan. Ayni vaqtda Toshkentda jasadlar shaxsini aniqlashtirish jarayoni o‘tkazilmoqda.

Omon qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik tergov tadbirlari doirasida Aqto‘beda qolmoqda.