TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 1916-yili qurilgan va o‘tgan yil buzilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahri markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida qayta tiklanmoqda. Bu haqda qurilish joyida bo‘lgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Shahar hokimligi tomonidan va’da berilganidek, yetimxona qayta "restavratsiya" qilinmoqda. Kaufman yetimxonasi dastlabki holatida qayta tiklanadi, dedi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan quruvchilardan biri.
Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan o‘ralgan. Aholi orasida eng ko‘p tilga olingan, mashhur Nikolay davri g‘ishtlari ham qurilish maydoniga keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda, deb xabar qildi muxbir.
Quruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kaufman yetimxonasi muzey ko‘rinishida qayta tiklanadi.
Obyekt Navro‘z bayrami arafasida topshirilishi kutilmoqda.