Rozuqulov "O‘zbekiston Havo yo‘llari" MAK rahbarligidan ozod qilindi

Baxtiyor Hakimov yangi bosh direktor lavozimiga tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ulug‘bek Rozuqulov Milliy aviakompaniya rahbari lavozimidan ozod qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev Anqaradagi matbuot-anjumanida hammani lol qoldirdi
Bunga qadar bosh direktorning birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ishlagan Baxtiyor Hakimov uning o‘rniga tayinlandi.

Besh oy davomida milliy aviakompaniyani boshqarib kelgan Rozuqulovning ishdan olinishi sabablari haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Ulug‘bek Rozuqulov (1969 yilda tug‘ilgan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari nomzodi) MAKka o‘tgan yilning avgustida rahbarlikka tayinlangan edi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Avval O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha departamenti direktori bo‘lgan.