TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Doimiy propiskasiz Toshkent shahri va viloyatida uy-joy sotib olish mumkin bo‘ladi, deb xaar qildi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlar bekor qilinadi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan bugun qabul qilingan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturida ko‘rsatilgan, deb yozadi nashr.
Hujjatga ko‘ra, shuningdek, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddati uzaytiriladi.