Ishga kirish uchun propiska kerak bo‘lmaydi

Pasport grajdanina Uzbekistana
Bugun e’lon qilingan Davlat dasturiga asosan, propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ham rasman ishga yollanishi va uy xarid qilishi mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ish beruvchilarga ma’lum hududda propiskasi bo‘lmagan fuqarolarni ham ishga yollash huquqi beriladi.

Undan tashqari Toshkent viloyati va Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar ham ikkilamchi uy-joy bozoridan uy xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu yangiliklar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining 2018-yilgi Davlat dasturida qayd etilgan. Bugun 22-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu dasturni tasdiqlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Bu haqida «O‘zbekiston 24», telekanalining "Axborot" dasturida xabar qilindi.

Yangi Davlat dasturi 231 punktdan iborat bo‘lib u 37ta yangi qonun qabul qilishni nazarda tutgan.