TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Sputnik muxbirlari Rossiyaning yetakchi iqtisodchilaridan biri Natalya Shagayda bilan suhbat qilishdi. Unda so‘z jumladan O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar haqida ham yuritildi.
"Oldin O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Rossiyaning uzoq shaharlariga olib kelishda katta muammolar bor edi. Chegaralar, bojxona va boshqa tekshiruvlar. Kichiq xo‘jalik yoki xususiy tadbirkor buning uddasidan chiqishi qiyin edi.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Buni amalga oshirish uchun maxsus kompaniya tashkil qilingan. Fermer xo‘jaliklari yoki xususiy xo‘jaliklarda bir texnologiya asosida yetishtirilgan mahsluotlarni bir joyga jamlab, katta partiya mahsulot to‘playdi. Bu esa uni muvaffaqiyatli eksport qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston meva-sabzavotlari juda shirin va ular erta pishadi. Aprelda qisman issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulot yetkizib berilsa, ham ular baribir juda mazali. Ular bozorda o‘z xaridorini albatta topadi”, - dedi Natalya Shagayda.
Natalya Shagayda –Rossiya prezidenti huzuridagi, Rossiya Xalq xo‘jaligi akademiyasining Qishloq xo‘jaligi va Oziq-ovqat siyosati Markazi direktori.