Ukrainada o‘zbekistonlik jihodchi qo‘lga olindi

Qo‘lga olingan fuqaro radikal islom g‘oyalarini targ‘ib qilish va ekstremistlar yollash bilan shug‘ullangan.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ukraina xavfsizlik xizmati ekstremistik tashkilot a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda muassasa axborot xizmati.

“Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Interpol va Yevropol xabari asosida, Odessa viloyatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan, O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi”, — deyilgan xabarda.

 

Muassasa xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs, “Jihodchilar” hamda “Jamaat” kabi ekstremistik guruhlari faoliyatida ishtirok etgan va guruhi tarkibida bo‘lgan.

UXXga asosan, xususan u radikal islom g‘oyalarini targ‘ib qilish va ekstremistlar yollash bilan yangi ekstremistlar yollash bilan shug‘ullangan.

Maxsus xizmat xabariga ko‘ra, qo‘lgan olingan shaxs Ukrainada ham xuddu shu faoliyatini davom ettirishni niyat qilgan ekan. Ayni damda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

SBU zaderjala verbovshika