Toshkentda soxta YHXB xodimi qo‘lga olindi

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Shanba 20-yanvar kuni soat 14:30 larda “Sergeli” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga, fuqaro murojaat qilib, Binokor ko‘chasidagi avtomobil yo‘lida avtomashina xaydovchilarini to‘xtatib, ularning hujjatlarini tekshirayotgan YHXB xodimi unda shubha uyg‘otganligini ma’lum qilgan.

Lje inspektor SBDD v Tashkente

Ushbu xabarga asoslanib, Toshkent shahar IIBB xodimlari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan joyga borgan vaqtlarida, haqiqatdan ham fuqaro Ruzmatov Azizbek Ashiraliyevich, ichki ishlar organi xodimlarining xizmat kiyimida, go‘yoki YHXB xodimi sifatida avtoulovlarni to‘xtatish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

A.A.Ruzmatov tekshirilgan vaqtda, u aslida YHXB xodimi emasligi ma’lum bo‘lgan va undan jezl, radioaloqa vositasi, xushtak, YHXB xodimining qalbaki ko‘krak nishoni va qalbaki ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalari borligi aniqlangan.

Lje inspektor SBDD v Tashkente

Mazkur holat yuzasidan A.A.Ruzmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning boshida O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksi 209−1-modda bilan to‘ldirilgan edi. Unga ko‘ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan edi.