Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomonidan raketalar bilan o‘qqa tutildi

Zarba natijasida bir kishi yengil jarohatlangan.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Suriya hududidan uchirilgan 3 raketa Turkiyaning Kilis viloyati hududiga kelib tushdi, bir kishi yengi jarohat oldi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, raketa zarbasi viloyatning ma’muriy markaziga qaratilgan bo‘lgan. Hukjum natijasida bir necha binolar shikastlangan.

Erdo‘g‘on: Asad hokimiyat tepasida ekan, Suriya mojarosi hal bo‘lmaydi

Raketalar aynan kim tomonidan uchirilgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Turkiya bosh shtabi "Zaytun novdasi"nomli keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlagan edi. Ushbu operatsiya Suriyaning Afrin tumanida joylashgan qurd guruhlariga qarshi qaratilgan. Soat 17:00 da boshlangan operatsiyada 72 samolyot ishtirok etib 108 ta nishonga zarba bergan edi.

Qurdlar operatsiyadan so‘ng bombardimon oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lganini, ulardan  6tasi tinch aholi ekanligini yana 13 kishi jarohatlanganini xabar qilgan edi.

Shundan so‘ng Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim yakshanba kuni Afrinda quruqlik operatsiyasi boshlanishi mumkinligini xabar qilgan edi.