Lavrov Kamilov bilan Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar kelgusida Moskvada uchrashuv o‘tkazish haqida ham kelishib olganlar
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot-xizmati.

O‘zbekiston va AQSh turli sohalarda muloqotni yanada rivojlantirish borasida fikr almashdi
Qayd etilishicha, Kamilov va Lavrov uchrashuvi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Xavfsizlik kengashi tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tgan.

"Doimiy aloqalarimizni iliqlik ila xotirlayman. Bizning rahbarlarimiz o‘rtasida bo‘lgan barcha kelishuvlar amalga oshadi, deb umid bildiraman, shu kungacha ularning aksariyati hayotga tatbiq etildi", — deb aytgan Lavrov uchrashuv avvalida.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov o‘tgan yil ikkiyoqlama munosabatlar uchun "to‘laqonli va sermahsul bo‘lganini, yetakchilar bir necha bor uchrashish imkoniga ega bo‘lishgani" haqida ta’kidlab o‘tgan.

"Bizning ittifoqdoshlik, strategik sherikligimiz ishlayapti va biz buni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turamiz", — deb qo‘shimcha qilgan Kamilov.

Tomonlar kelgusida Moskvada uchrashuv o‘tkazish haqida kelishib olganlar.