TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘istondan Rossiyaga yo‘l olgan avtobusda yuz bergan yong‘in qibatida 52 nafar migrant haloq bo‘ldi. Yana besh nafar kishi jabrlangan. Yo‘lovchilar shaxsi aniqlanmoqda. Ular orasida O‘zbekiston hamda Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Haydovchi jon saqlab qolgan. U avariya qisqa o‘t chatnashi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida so‘zlab bergan. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qozog‘istondagi Samara-Chimkent trassasida "Ikarus" rusumidagi avtobus yonib ketgan.
"Fojeada omon qolgan besh nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", — deb xabar bergan Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Jabrlanganlar yengil kuyish jarohatini olishgan, deb izoh bergan Aqtobe viloyati gubernatori o‘rinbosari Serik Tulenbergenov.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in avtobus harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Bu vaqtda transport Aqto‘be viloyati Irgiz tumani, Samara-Chimkent trassasining 1068 kilometrida, Kalibay posolkasidan 10 km narida bo‘lgan.
Avariya mahalliy vaqt bilan 10:30da yuz bergan. Hodisa joyiga politsiya, qutqaruvchilar, mediklar, ruhshunoslar bo‘linmalari yetib borishgan. Bundan tashqari Aqtobe viloyatining favqulodda voqealar bo‘yicha departamenti tezkor shtab tashkil qilgan. Yuz bergan hodisa munosabati bilan "tezkor liniya"lar ishga tushirildi.
Aqtobe viloyati FV departamenti yonib ketgan avtobus Janubiy Qozog‘istonning Jibek joli poselkasidan Qozonga yo‘l olgan bo‘lganligi haqida xabar bergan.
Avariya sabablari
Hozirga qadar yo‘lovchi avtobus bortida aslida nima yuz bergani va yong‘in qay tarzda sodir bo‘lgani to‘g‘risida rasmiy axborot berilmadi. Favqulodda hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
"Haydovchi soppa-sog‘. U yong‘in bo‘layotgandi, tutun hidini sezdim, to‘xtadim va eshiklarni ochdim. Bo‘ldi. Besh daqiqa o‘tdi — va avtobus yonib bo‘ldi, undan hech vaqo qolmadi", — deb xabar qilgan IIB xodimi.
U shuningdek, yong‘in qisqa tutashuv tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
"Tutashuv sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Ammo bu haydovchi versiyasi. Hozircha surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — qo‘shimcha qilgan muassasa xodimi.
RT nashri xabariga ko‘ra, tirik qolganlar hozircha shok holatida. "Ular hatto gaplasha olmaydi", — xotima qilgan u.
OAVlar bu o‘t qo‘yish bo‘lishi mumkin, degan versiyani ilgari surgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yuz bergan hodisa teraktga o‘xshashini aytishgan.
Shuningdek, yong‘in haydovchining beparvoligi oqibatida yuz berganligi to‘g‘risida ham taxminlar mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u yozgi solyarkadan foydalangan, so‘ngra payalni lampa yordamida bakni isitmoqchi bo‘lgan.
Qurbonlar fuqaroligi
Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov Sputnik Qozog‘iston nashriga qurbonlarning fuqaroligi aniqlanayotganini ma’lum qilgan.
Bu orada jabrlanganlar ismi-sharifi ham ma’lum bo‘ldi.
Ular Aqtobega olib borildi.
"Ular orasida uch nafari, ya’ni haydovchilar Qozog‘iston fuqarolari: Pernebek Maksat, 1985-yilda tug‘ilgan, Kirgizbayev Nurjan, 1968-yilda tug‘ilgan, Tanatarov Barat, 1978-yilda tug‘ilgan. Ularning barchasi Janubiy-Qozog‘iston yashovchilari. Qolgan ikki nafari — O‘zbekiston fuqarosi. Isakov Axror, 1988-yilda tug‘ilgan va Mirzaxmetov Isroiljan, 1980-yilda tug‘ilgan", — deb izoh berilgan muassasada.
Jabrlanganlarning jarohati yengilligi, ularga joyida birinchi yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Ilgariroq Aqtobe viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentida halok bo‘lganlarning barchasi — O‘zbekiston fuqarolari ekanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Shunga o‘xshash halokatlar
2017 yil dekabr oyida Irgiz poselkasiga yaqin trassada Rossiyadan kelayotgan avtobus buzilib qolgan. Salonda O‘zbekistonning 48 nafar fuqarosi bo‘lgan. Ko‘cha temperaturasi —23 S°gacha tushgan. Yo‘lovchilar ko‘chada muzlab qolishlari mumkin edi. FV xodimlari ularga yordamga kelishgan. O‘zbekiston fuqarolari isinish punktlariga olib borilgan.
2017 yilning iyun oyida Samara — Chimkent yo‘lida Volgograddan kelayotgan avtobus chappa ag‘darilgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi chuqurlikka yiqilgan. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan, 18 nafari jarohatlangan.