O‘zbekistonda 600ga yaqin talaba kontrakt pulini to‘lolmay o‘qishni tashlagan

2016 yilning 1-noyabridan 2017-yilning 1-noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy ta’lim muassasasidan ketgan
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda bir yilda 600 nafar talaba kontrakt pulini to‘lolmagani uchun o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan, deb xabar qilingan O‘zbekiston Hukumati portalida.

O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt puli oshirilmaydi
"Har yili mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning ma’lum qismi turli sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi yoki o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra 2016-yilning 1-noyabridan 2017-yilning 1-noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy ta’lim muassasasidan ketgan.

Ulardan 2 ming 25 nafari o‘zlashtirolmaganligi sababli, 410 nafari kasalligi tufayli, 600 nafari kontrakt to‘lovini to‘lolmagani uchun, 2 ming 980 nafari o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganligi bois hamda 2 ming 567 nafari boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishdan ketgan.