Erdo‘g‘on o‘zbek xalqiga ta’ziya bildirdi

Xorij davlatlari rahbarlari ko‘p sonli insonlar talofatiga sabab bo‘lgan, Qozog‘iston Respublikasining Aktubinsk viloyatida ro‘y bergan fojiali hodisa munosabati bilan o‘z hamdardliklarini yo‘llashmoqda
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya izhor etdi
Xorij davlatlari rahbarlari ko‘p sonli insonlar talofatiga sabab bo‘lgan, Qozog‘iston Respublikasining Aktubinsk viloyatida ro‘y bergan fojiali hodisa munosabati bilan o‘z hamdardliklarini yo‘llashmoqda.

18 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqoti chog‘ida Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on halok bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga o‘zining chuqur hamdardligini bildirdi. "Mana shunday musibatli kunda butun turk xalqi nomidan qardosh o‘zbek xalqiga sabr-bardosh tilab, marhumlarni Alloh taolo o‘z mag‘firatiga olishini so‘rayman", deb ta’kidlagan Turkiya rahbari.

Shuningdek, Mirziyoyev nomiga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan yo‘llangan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar kelgan.