TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu Qozog‘istonda yuz bergan va ellik nafardan ortiq o‘zbekistonliklar o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus avariyasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
U bu haqda o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogiga ayozgan.
Chavushoglu ushbu fojiaviy xabar uni larzaga solganini ta’kidlagan.
"Men Qozog‘iston va O‘zbekistondagi qardosh xalqlarga hamdardlik bildiraman", — deb yozgan Chavushoglu.
18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida Samara — Chimkent yo‘lida yo‘lovchi avtobusi yonib ketganligi haqida xabar bergandik. Bu avtobusda 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan.