Gaz va elektr hisoblagichni o‘rnatish, tekshirish davlat hisobidan amalga oshiriladi

O‘tgan haftada ushbu masala bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston hukumati 1-yanvardan suv ta’minoti uchun yangilangan tariflarni joriy etadi

O‘tgan haftada ushbu masala bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yangi qoidalarga ko‘ra, elektr energiya va tabiiy gaz zamonaviy hisoblagichlarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yxatga olish, belgilangan tartibda davlat tekshiruvini amalga oshirish va muhrlash hududiy elektr tarmoq va tabiiy gaz ta’minot korxonalari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu hujjatda elektr energiya va tabiiy gaz hisoblagichlarini o‘z vaqtida va sifatli tekshirishni tashkil etishga javobgarlik aholiga emas, balki hududiy elektr tarmoq va tabiiy gaz ta’minot korxonalariga yuklatilganligi aniq belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston kelgusi bir necha yillar davomida Osiyo, Butunjahon va Islom taraqqiyot banklari kreditlari hisobiga respublika bo‘ylab qariyb 6 million dona elektr energiya hisoblagich o‘rnatish, shuningdek, yagona billing va foydalanuvchilar bazasini joriy etish rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 800 million dollarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda 1-apreldan gaz va elektr narxi oshadi

Gaz taqsimlash tarmog‘ida ham bunga o‘xshash tizimni tatbiq etish 800-900 million dollar atrofida baholanmoqda. Respublika bo‘ylab 3 milliondan ortiq hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalar bo‘yicha hamkorlar sifatida 3 ta — Sagemcom (Fransiya), Landis & Gyr (Shveysariya) va Elster Metronica (Germaniya kompaniyalari ko‘rib chiqilgan.